SULFASALAZINNING NOSPETSIFIK YARALI KOLITDA QO‘LLANILISHI: SAMARADORLIK VA XAVFSIZLIK TAHLILI

Authors

  • Dilrabo Ibodullayeva

Keywords:

nospetsifik yarali kolit, sulfasalazin, davolash samaradorligi, yallig‘lanishga qarshi dori, ichak kasalliklari, autoimmun kasallik, klinik tadqiqot.

Abstract

Nospetsifik yarali kolit (NYK) — bu yo‘g‘on va to‘g‘ri ichakni zararlovchi surunkali yallig‘lanishli ichak kasalligi bo‘lib, uni davolashda asosiy maqsad yallig‘lanishni bostirish, remissiyani ta’minlash hamda asoratlarning oldini olishdan iborat. 5-aminosalitsilat kislotasi (5-ASA) preparatlari, xususan sulfasalazin, NYK ni davolashda birinchi qator vositalar sifatida qo‘llaniladi. Sulfasalazin sulfapiridin va 5-ASA birikmasidan tashkil topgan bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi, immunomodulyator va mikroblarga qarshi xususiyatlarga ega. Ushbu maqolada sulfasalazinning NYK ni davolashdagi samaradorligi, ta’sir mexanizmlari, afzalliklari va cheklovlari zamonaviy adabiyotlar va klinik tadqiqotlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida bemorlarning sulfasalazin qabulidan keyingi klinik javoblari diagrammalar orqali baholanib, preparatning remissiyani ta’minlashdagi (70–80% hollarda) va alomatlarni kamaytirishdagi samaradorligi yoritiladi.

References

1. Ford, A. C., & Achkar, J. P. (2013). 5-aminosalicylic acid preparations for the treatment of ulcerative colitis. American Journal of Gastroenterology, 108(12), 1799-1806.

2. Hanauer, S. B. (2004). Review article: aminosalicylates in inflammatory bowel disease. Alimentary Pharmacology & Therapeutics, 20(Suppl 4), 60-65.

3. Sandborn, W. J., & Hanauer, S. B. (2003). Systematic review: the pharmacokinetic profiles of oral mesalazine formulations and mesalazine pro-drugs used in the management of ulcerative colitis. Alimentary Pharmacology & Therapeutics, 17(1), 29-42.

Downloads

Published

2025-05-08