RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR SUG‘URTA KOMPANIYALARI INVESTITSIYA FAOLIYATINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Keywords:
sug‘urta kompaniyalari, rivojlangan mamlakatlar, investitsiya faoliyati, uzoq muddatli investitsiyalar, diversifikatsiya, ijtimoiy mas'uliyatli investitsiyalar, ESG, Solvency II, aktivlarni boshqarish, ALM.Abstract
Rivojlangan mamlakatlardagi sug‘urta kompaniyalari investitsiya faoliyati bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bu ularning moliyaviy barqarorligi va iqtisodiy rivojlanishga qo‘shgan hissasini belgilaydi. Kompaniyalar uzoq muddatli investitsiyalarni amalga oshirish orqali kelajakdagi majburiyatlarini qoplash uchun zarur bo‘lgan likvidlikni ta'minlaydilar. Shu bilan birga, diversifikatsiya yondashuvi risklarni kamaytirish va barqaror daromad olishda muhim rol o‘ynaydi. Ijtimoiy mas'uliyatli investitsiyalar (ESG tamoyillari) ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv mezonlariga asoslangan bo‘lib, jamiyat va atrof-muhitga ijobiy ta'sir ko‘rsatishga qaratilgan. Sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyati Yevropa Ittifoqida "Solvency II" kabi qat'iy regulyativ talablar bilan tartibga solinadi. Bundan tashqari, aktivlarni boshqarish strategiyalarida passiv boshqaruv, faol boshqaruv va aktiv-majburiyatlarni boshqarish (ALM) usullari qo‘llanilib, har bir yondashuv kompaniyaning riskka munosabatiga va bozor sharoitlariga qarab tanlanadi.
References
1. Афанасьева Юлия аналитик ГК "ФИНАМ". Правила диверсификации портфеля с разбивкой по секторам // Правила диверсификации портфеля с разбивкой по секторам — Финансовый журнал — Финам.Ру
2. Olimova M. “Sug‘urta faoliyatini tartibga solishga oid Solvency II xalqaro standarti va uni O‘zbekiston sug‘urta faoliyatiga tatbiq etish yo‘nalishlari” maqolasi “Milliy iqtisodiyotni isloh qilish va barqaror rivojlantirish istiqbollari” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plami.
3. "Sug‘urta kompaniyalarining investitsion faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish yo‘llari" maqolasi. Educational Research in Universal Sciences, 2024.
4. O‘tashev J."Sug‘urta kompaniyalari investitsiya faoliyatini takomillashtirish" maqolasi. // Sug‘urta kompaniyalari investitsiya faoliyatini takomillashtirish | MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT JURNALI
5. BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “O‘zbekistonda inklyuziv sug‘urta va xatarlarini moliyalashtirishni rivojlantirish diagnostikasi natijalari” 2021-yil // BMT Taraqqiyot Dasturi O‘zbekistonda sug‘urta sektorini rivojlantirishga ko‘maklashmoqda | United Nations Development Programme

